Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Buriyev tomonidan tasdiqlangan “2024-yilning yanvar-fevral oylari davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yuridik texnikumning kalendar rejasi”ning 7-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan joriy yilning 30-yanvar kuni maxsus fan o‘qituvchisi Z.Oxunova tomonidan Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida Farq‘ona shahar 10-sonli tergov xibshonasiga texnikum o‘quvchilari tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif davomida jazoni ijro etish muassasasi xodimlari tomonidan muassasa xodimlari jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha mussasa faoliyati yuzasidan suhbat olib borildi. Shuningdek, muassasa faoliyati, muassasada saqlanib turilgan shaxslarning ushlab turish sharoitlari, jazoni o‘tayotgan shaxslarni jazoni o‘tayotganida kasb o‘rganishlari va ularni jazoni o‘tash sharoitlari, muassasaning asosiy vazifa va maqsadlari, ishga qabul qilishda xodimlarga qo‘yiladigan talablar va xodimlarga beriladigan imtiyozlar haqida tushuntirish berildi.
Bundan tashqari, texnikum o‘quvchilari muassasani zamonaviy axborot texnologiyalari va xalqaro talablar darajasida jixozlangan maxsus so‘roq qilish xonalari bilan tanishib chiqdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube