Joriy yilning 8-fevral kuni Yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularning mafkurasini Vatanparvarlik bilan boyitish maqsadida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat bo‘limi vakili bilan yoshlar uchrashuvini tashkil etildi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyati Din ishlari bo’yicha boshqarma bosh mutaxassisi G’ofurova Diloromxon va Farg’ona shahar bosh otinoyisi Raxmonova Kamolaxonlar ishtirok etib, ular axloqiy fazilatlarni kamol toptirish, oilaviy qadryatlarni mustaxkamlash, milliy madaniyatni asrab avaylash hamda yoshlar qalbida eng pokiza tuyg’ular shakllanishida oilaning muhim rol o’ynashini, oilada bolaga salomlashishdan tortib to’g’ri ovqatlanish, kiyinish, kattalar va tengdoshlar bilan o’zaro muloqot, jamoatchilik ichida o’zini tutish, ota-onanning gapini ikki qilmaslik, ustozlarni hurmat qilish, atrofga befarq boʻlmaslik kabi mavzularda oʻquvchi-qizlarga oʻz maslahatlarini berdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: