“Ijtimoiy tarmoqlardan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakllantirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan “2024-yilning yanvar-fevral oylari davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yuridik texnikumning kalendar rejasi”ning 15-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Ijtimoiy tarmoqlardan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakllantirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treninda Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi, xalqaro toifadagi jurnalist Eksanov Elyor Adamjonovich ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan seminar-treningda E.Eksanov yoshlarlarning raqamli savodxonligini oshirish va texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning asosiy talab va mezonlari hamda internetdan to’g’ri maqsadlarda foydalana olish bo‘yicha texnikum o‘quvchi-yoshlariga o‘zining fikr mulohazalarini berib o‘tdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: