“Devorsiz maktab” usulida seminar-mashgʻuloti oʻtkazildi.

Joriy yilning 9-fevral kuni “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi oʻqituvchisi Z.Oxunova tomonidan “Devorsiz maktab” usulida Fargʻona shahar Davlat xizmatlari markazida 2-bosqich 21-22 guruhi oʻquvchilariga amaliy brifing seminar-mashgʻuloti oʻtkazildi.

Seminar mashgʻulotda markaz “Madad” huquqiy xizmat boshligʻi G.Ibragimova va markaz mutaxassislari ishtirok etib, ular tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishni amaliyotda namoyish qilib koʻrsatildi.

Oʻquvchi-yoshlar ommaviy xizmatlarni koʻrsatish mavzusida berilgan maruzalarida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllanishi hamda davlat xizmatlarini turlari, kompozit xizmatlar tushunchasi va ularni koʻrsatish tartibi bilan tanishdilar.

“Devorsiz maktab” usulida oʻtkazilgan seminar-mashgʻuloti oʻquvchilarga kelajakda kasb va lavozim tanlashga, Adliya vazirligi tizimidagi davlat hizmatlari markazlarida ishlash uchun yaratilgan sharoitlarni, yoshlarni ushbu markazdagi oʻrinlarini oʻrganishga koʻmak berdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: