“Bir asrning ikki dahosi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan “2024-yilning yanvar-fevral oylari davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yuridik texnikumning kalendar rejasi”ning 16-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchilari R.Xashimov, I.Ubaydullayevlar boshchiligida 14-fevral kuni texnikumning 22-22 va 32-23 guruh o‘quvchi-yoshlari tomonidan buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Bir asrning ikki dahosi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan bu ikki buyuk shaxslarning hayoti va ijodiga bag‘ishlab tayyorlangan videoroliklar, sahna ko‘rinishlari taqdim etildi, ularning qalamiga mansub bo‘lgan g‘azal va ruboiylar ijro etildi, o‘quvchilarning Navoiy va Boburning hayoti va ijodi bilan bog‘liq bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazish maqsadida savol-javob shaklida savodxonlik o‘yinlari tashkil etildi. G‘oliblarga esdalik kitoblari taqdim qilindi.

Tadbir texnikum o‘quvchilari ishtirokida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: