🏛 Joriy yilning 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi targ‘iboti munosabati bilan Farg’ona viloyati yuridik texnikumining «Adliya qanotlari» koordinatori O.Usmonova boshchiligidagi «Adliya qanotlari» volontyorlari tomonidan Farg‘ona shahar “Markaziy istirohat bog‘I” va aholi gavjum joylarida fuqorolarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida “Qonunchilikda yoshlarga berilgan imtiyozlar” mavzusida targ’ibot ishlari olib borildi.
🔹 Targ‘ibot davomida volontyorlar tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi bo’lim, bob va moddalar haqida, xususan, oshlar huquqlariga oid eng muhim 5 ta kafolat eng muhim kafolatlar haqida fuqarolarga ma’lumotlar berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube