IT va xorijiy til o‘qitish to‘garaklari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan “2024-yilning yanvar-fevral oylari davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yuridik texnikumning kalendar rejasi”ning 18-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan “Umumta’lim fanlari” kafedrasi o‘qituvchilari D.Xusainova, G.Jo‘raboyeva, F.Asanovlar boshchiligida 20-fevral kuni texnikum o‘quvchilari uchun zamonaviy kasblarga (IT, xorijiy til) o‘qitish to‘garaklari ko‘rgazmasini tashkil etishdi.

Ko‘rgazmali to‘garak davomida, o‘quvchilar interfaol usullar, amaliy-mashg‘ulotlar va zamonaviy axborot texnologiyalardan unumli foydalanish tajribasiga ega bo‘ldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: