“Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tadbiri o‘tkazildi.

Joriy yilning 21-fevral kuni Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida bitiruvchi o‘quvchilar uchun korxona, tashkilot va muassasalar, tijorat banklari hamda tadbirkorlik vakillarini taklif qilgan holda “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi, Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish boshqarmasining shahar va tuman bo‘limlari, ATB Asakabank Farg‘ona viloyati boshqarmasi, ATB Infinbank Farg‘ona viloyati boshqarmasi, ATB Ipotekabank Farg‘ona viloyati boshqarmasi vakillari hamda “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati kengashi raisi, tadbirkor ayol Sh.G‘aniyevalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Sh.G‘aniyeva so‘zga chiqib o‘zining tadbirkorlik faoliyati bilan bitiruvchilarni tanishtirib motivatsiya berdi.

Shuningdek tadbirda Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi Inson resurslari bo‘limi boshlig‘i A.Adermatov so‘z olib, bitiruvchi yoshlarni adliya tizimida ish bilan ta’minlash masalalari haqida gapirib o‘tdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: