🏛 Joriy yilning 22-fevral kuni texnikumning “Umumta’lim fanlari” kafedrasi Davlat tilida ish yuritish fani o’qituvchisi D.Meliboyeva tomonidan “Davlat tilida ish yuritishda hujjatchilik shakllari” mavzusida seminar mashg‘uloti o’tkazildi.
🔹 Seminarda texnikumning pedagog-xodimlari ishtirok etdilar. Seminarning 1-qismida “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning talablari, mezonlari va ulardan foydalanish usullari yuzasidan uslubiy tavsiyalar berildi.
🔹 Seminarning 2-qismida esa pedagog-xodimlar kichik guruhlarga bo‘linib, hujjat shakllari, turlari haqida interfaol usullardan foydalangan holda mashg’ulot o’tkazildi.
🔹 Mashg’ulot mobaynida pedagog-xodimlar Davlat tilida ish yuritish ko’nikmalarga ega bo’ldilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube