♻️ Barchamizga maʼlumki, onalarni eʼzozlash el-yurtimiz uchun azal-azaldan ezgu qadriyat boʻlib kelgan. Biz mehr-muhabbat va odamiylikning ilk saboqlarini aziz onalarimizdan, ularning beshigimiz uzra parvona boʻlib aytgan alla ohanglaridan olamiz. Darxaqiqat, biz hayotimiz mazmuni boʻlgan sevgi va sadoqat , mehr-muhabbat, nazokat va latofat kabi eng nozik, sirli tuygʻularni beqiyos moʻjizasi boʻlmish ayol zotisiz aslo tasavvur eta olmaymiz. Onalarga qancha eʼtibor, gʻamxoʻrlik qilsak, quvontirishga urunsak baribir ozdir.
🏛 Bahorning ilk kuni Fargʻona viloyati yuridik texnikumida 1-bosqich oʻquvchilarining onalari uchun “Onalarga ehtirom” deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
🔹Oʻquvchilar onalarini bahorning ilk kuni bilan tabriklab kutib oldilar va onalariga bagʻishlangan bayram dasturini namoyish etdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube