“Qonunchilikda nogironligi bo‘lgan yoshlarga berilgan imtiyozlar” mavzusida targ’ibot ishlari olib borildi.

Joriy yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi targ‘iboti munosabati bilan Farg’ona viloyati yuridik texnikumining «Adliya qanotlari» koordinatori O.Usmonova boshchiligidagi «Adliya qanotlari» volontyorlari tomonidan Farg‘ona shahar “Markaziy istirohat bog‘I” va “Yoshlar hiyobonida” yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida “Qonunchilikda nogironligi bo‘lgan yoshlarga berilgan imtiyozlar” mavzusida targ’ibot ishlari olib borildi.

🔹 Targ‘ibot davomida volontyorlar tomonidan nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport harajatlarini qoplash uchun Davlatimiz tomonidan yaratilgan imtiyozlar va kafolatlar haqida yoshlar va fuqarolarga ma’lumotlar berildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: