Seminar–trening o’tkazildi.

🏛 Fargʻona viloyati yuridik texnikumining 2023/2024 oʻquv yiliga rejalashtirilgan uslubiy seminarlar jadvaliga asosan joriy yilning 29-mart kunida texnikumda seminar–trening o’tkazildi.

🔹 Mazkur seminar “Fargʻona viloyati yuridik texnikum o‘quvchilarini oraliq va yakuniy nazorat ishlarini tekshish tartibi (3351 talabi doirasida)” mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, seminar mashgʻulotni texnikum o‘quv metodik bo‘limi uslubchisi M.Abdurahimova tomonidan oʻtkazildi.

🔹 Seminar-trening davomida ishtirokchilarga M.Abdurahimova O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizom bilan takroran tanishtirib chiqdi.

🔹 Mashg’ulot mobaynida ishtirokchilar kichik guruhlarda ishlash orqali rivojlantiruvchi metodlarni qo’llash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’ldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: