“Amir Temur – buyuk sarkarda” mavzusida esselar tanlovi o‘tkazildi.

Joriy yilning 5-aprel kuni texnikumda “Umumta’lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi D.Meliboyeva tomoniidan 9 aprel – Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Amir Temur – buyuk sarkarda” mavzusida esselar tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov o‘quvchi-yoshlarni muammolar tizimini erkin shaklda talqin qilish, qarashlari va taassurotlarini yetakchi xususiyatga ko‘tarish maqsadida yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tanlovda Buyuk sarkarda Amir Temurning hayoti, siyosiy va ijtimoiy faoliyati, temuriylar davri davlatchiligi, boshqaruv tizimi, davlat tizimini mustahkamlash va boshqarishdagi tartib-intizom, qonunchilik va sud-huquq masalalari, «Temur tuzuklari», fan, ta’lim va madaniyat, savdo-sotiq va hunarmandchilikni rivojlanishi, mamlakat himoyasini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlar, umuman o‘zbek milliy davlatchiligi taraqqiyotida temuriylar davrining o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati haqidagi fakt va ma’lumotlardan, iqtiboslardan ham o‘rinli foydalanib, hayotiy misollarni batafsil talqin etdilar.

🔹Tanlov natijalariga ko‘ra:

🥇1-o‘rin “Davlat-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 30-23-guruh o‘quvchisi Kenjayeva Muharramxon;

🥈2-o‘rin “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 33-23-guruh o‘quvchisi Umataliyeva Gulxayo;

🥉3-o‘rin “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 37-23-guruh o‘quvchisi Xomiadjonov Saidburxonlar g‘olib deb topildilar.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: