Islohotlarga daxldorman” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o’tkazildi.

Joriy yilning 8-aprel kuni Farg’ona viloyati yuridik texnikumi “Yuridik klinikasi” rahbari D.Qayumova hamda Quva tuman adliya bo‘limi hamkorligida yoshlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan “Islohotlarga daxldorman” shiori ostida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda adliya bo‘limi boshlig‘i tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jinoyatchilikka murosasiz munosabatda bo’lish to’g’risida tushunchalar berildi.

Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimi tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, qonunlarni hurmat qilish yuzasidan ma’ruza qilindi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyat yuridik texnikumining “Yuridik klinika”si а’zolari tomonidan har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi sahnalashtirilgan sud jarayoni asosida ko’rsatib berildi.

Bundan tashqari, tadbir davomida yoshlarga “Huquqiy zakovat” savollari berilib, faol ishtirok etgan ishtirokchilarga esdalik sovg’alari topshirildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: