🔹 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 3-apreldagi 3/15-52-589-son xati yuzasidan 2023/2024 oʻquv yilida Professional ta’lim muassasalarida oʻquvchi-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan yillik kalendar rejasining 1-bandi ijrosi bo‘yicha joriy yilning 13-aprel kuni texnikumda “Oʻzbek yigiti – mustaqillik posboni” mavzusida harbiy soha mutaxassislarini jalb qilgan holda davra suhbati oʻtkazildi.
🔹Tadbir davomida Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari faxriysi istefodagi podpolkovnik A.Meliqo‘ziyev, serjant A.Xorinov, kichik serjant N.Abdullayevalar so‘z olib, o‘quvchi-yoshlarga Qurolli Kuchlarimizning jangovor shayligini, ularning moddiy-texnik bazasi, harbiy xizmatchilar va ularning ijtimoiy himoyasi hamda har bir yoshlarimizning vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida salmoqli ishlar olib borilayotgan ishlar bilan tanishtib o‘tdilar.
🔹Tadbirda soʻz olgan harbiy faxriylar Vatanni himoya qilish sharafli va masʼuliyatli vazifa ekanini alohida taʼkidlab, oʻzlarining koʻp yillik boy xizmat tajribalarini ishtirokchilar bilan oʻrtoqlashdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube