V.F.Yakovlev nomidagi Ural davlat yuridik universiteti vakili ishtirokida bitiruvchilar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida V.F.Yakovlev nomidagi Ural davlat yuridik universiteti vakili ishtirokida bitiruvchilar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Suhbat jarayonida bugungi kundagi ikkala davlatdagi taʼlim tizimi, boʻlgʻusi yuristlarni tayyorlash uslublari hamda halqaro hamkorlik masalalari haqida fikr yuritildi.

Uchrashuv davomida Ural davlat yuridik universiteti vakili universitetning moddiy texnik bazasi, yaratigan shart-sharoitlar to‘g‘risida yaqindan tanishtirdi va universitet to‘g‘risida video roliklar namoish etildi, universitet haqidagi buklet va flayerlar tarqatildi.

Yakunda texnikum o‘quvchi-yoshlari tomonidan berilgan savollariga Ural davlat yuridik universiteti vakili tomonidan javoblar berib o‘tildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: