Fargʻona viloyati yuridik texnikumi tomonidan joriy yilning 18-aprel kuni 1-bosqich “Yuridik xizmat” yoʻnalishi 31-23 guruh, “Sud-huquqiy faoliyat” yoʻnalishi 37-23 guruhi oʻquvchilari “Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati” davlat muzeyiga sayohat uchun olib borildi.
Muzeyda oʻquvchilar “Fargʻona viloyati matbuot tarixi”, “Muzey durdonalari”, ikkinchi jahon urushiga atalgan koʻrgazma zali eksponatlari, Fargʻona shahar 4-musiqa va sanʼat maktabining “Ijod sehri” nomli koʻrgazmalar bilan tanishdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube