“JSTga O‘zbekistonning a’zo bo‘lishi: ijobiy va salbiy jihatlari” mavzusida debat o‘tkazildi.

Joriy yilning 19-aprel kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi D.Salimova tomonidan “Moliya huquqi” modulidan “Davlat-huquqiy faoliyat” yo‘nalishlari 20-22 va 21-22 guruhlarida “JSTga O‘zbekistonning a’zo bo‘lishi: ijobiy va salbiy jihatlari” mavzusida debat o‘tkazildi.

Jahon savdo tashkiloti vazifasi, a’zo bo‘lish qadamlari va shartlari to‘g’risida ma’lumotlar berildi.

Debat davomida o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lingan holda o‘z pozitsiyalarini himoya qildilar. Har bir aytilgan fikrlarning ijobiy va salbiy jihatlari tegishli argumentlar bilan asoslantirilgan holda qizg’in muhokamalarga sabab bo‘ldi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: