TDYU o’qituvchisi R.O’rinboyev ishtirokida bitiruvchilar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 22-aprel kuni Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida “top 100” talik ro’yxatiga kiruvchi Shvetsiyaning Lund universiteti professori va O’zbekiston Respublikasi TDYU o’qituvchisi R.O’rinboyev ishtirokida bitiruvchilar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

🔹 Suhbat jarayonida bugungi kundagi ikkala davlatdagi taʼlim tizimi, boʻlgʻusi yuristlarni tayyorlash uslublari hamda halqaro hamkorlik masalalari haqida fikr yuritildi.

🔹 Uchrashuv davomida Shvetsiyaning Lund universitetining moddiy texnik bazasi, yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida yaqindan tanishtirildi va universitet to‘g‘risida video roliklar namoish etildi.

🔹 Yakunda texnikum o‘quvchi-yoshlari tomonidan berilgan savollariga professor R.O’rinboyev tomonidan javoblar berib o‘tildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: