“Sirtdan ish yuritish va buyruq tartibida ish yuritish” mavzusida ochiq dars o’tkazildi.

Joriy yilning 24-aprel kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o’qituvchisi D.Salimova tomonidan “Fuqarolik protsessual huquqi” modulidan “Yuridik xizmat” yo’nalishi 22-22 guruhida “Sirtdan ish yuritish va buyruq tartibida ish yuritish” mavzusida ochiq dars o’tkazildi.
Ochiq dars davomida o’quvchilar tomonidan tayyorlab kelingan prezentatsiyalar asosida mavzu tushuntirildi. 5 ta kichik guruhlarga bo’lingan holda kazuslar tahlil etish qizg’in muhokamalarga sabab bo’ldi.
Shuningdek, dars davomida turli interaktiv va zamonaviy ped texnologiyalardan foydalangan holda o’tilgan mavzular ham takrorlandi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: