«Mehr ulashib» klubi faoliyatidan.

🏛 Texnikumda muntazam ravishda turli yo’nalishdagi bir qator klublar doimiy ravishda faoliyat olib bormoqda.

🔹 Bunday klublarni tashkil etishdan maqsad o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga ularning dunyoqarashini oshirish, ona vatanga bo‘lgan sadoqatini yanada shakllantirish, insonlarga va atrof muhitga mehr-muruvvat bilan qarashga undashdan iboratdir.

🔹 Shu munosat bilan joriy yilning 25-aprel kuni texnikumning “Yuristlar uchun ingliz tili” fani o‘qituvchisi Z.Rahmonova boshchiligida «Mehr ulashib» klubi volontyorlari Farg‘ona shahar, “Oqariq” MFY, Ariq koʻchasi 295-uyda istiqomat qiluvchi Sh.Xayitovalar xonadoniga tashrif buyurib, ularni holidan xabar oldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: