Farg’ona viloyat yuridik texnikumida joriy yilning 2-may kuni Farg’ona shahar adliya bo’limi, ichki ishlar organi, milliy gvardiya vakillari ishtirokida “Internetda qimor o’yinlari va ekstremizm gʻoyalari targʻibotidan ehtiyot boʻling!” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Texnikum direktori A.Ergashev tadbirni ochib, hozirgi kunda yoshlar o’rtasida internetda qimor o’yinlari va ekstremizm gʻoyalari ta’siriga tushib qolayotganligi, bularni o’z vaqtida oldini olish choralarini ko’rish lozimligini taʼkidlab oʻtdi.
Shundan so’ng, Farg‘ona shahar 3-sonli IIB profilaktika katta inspektori, mayor Z.Sattorov, O‘zbekiston respublikasi Milliy gvardiyasi xodimi podpolkovnik F.Niyazov va katta leytenanti O.Jaliliov, Farg‘ona shahar adliya bo‘limi DXM direktori D.Ortiqovlar so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan o‘zlarini fikr-mulohazalarini aytib o‘tidilar.
Tadbir so‘ngida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha vakillaridan to‘laqonli javob oldilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube