🏛 Joriy yilning 6-may kunidan birinchi va ikkinchi bosqich o‘quvchilari uchun 2023/2024 oʻquv yilining 2-yarim yillik uchun yakuniy nazoratlar haftaligi boshlandi.
🔹 Yakuniy nazoratlar haftaligi tasdiqlangan jadval asosida tashkil etilib, sinovlarning shaffofligini taʼminlash maqsadida har bir guruhga nazoratchi pedagog-xodimlar biriktirildi.
🔹 Kafedralar tomonidan tayyorlangan yakuniy nazorat savolnomalari oʻquv- metodik boʻlimda koʻrib chiqildi va tasdiqlangan holatda oʻquvchilarga taqdim etilmoqda.
🔹 Yakuniy nazorat haftaligi joriy yilning 17-may kuniga qadar davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube