Mamlakatimizda “9-may Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayramini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashishga hissa qoʻshgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muxofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, barcha faxriylarga hurmat koʻrsatish asosiy maqsad qilib belgilangan.
Shunga ko’ra, joriy yilning 8-may kuni Farg’ona viloyat yuridik texnikum rahbariyati va o‘qituvchilari texnikumda koʻp yillar mehnat qilgan faxriylar I.Soyibnazarov va U.Usmonovlar xonadoniga tashrif buyurib, ularni bayram bilan samimiy tabriklab, bayram sovgʻalarini topshirishdi.
Xotirani asrash, xotirani ehtiyot qilish – bu bizning oʻzimiz va avlodlar oldidagi axloqiy burchimizdir. Xotira – bizning boyligimizdir.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube