“Oila-jamiyat poydevori” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808-son qaroriga muvofiq, 15-may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika bo‘ylab keng nishonlanishi belgilab qo‘yilgan.

Bugungi kunda xalqaro oila kunini keng nishonlash mamlakatimizda ham an’ana tusiga kirib ulgurgan. Shu munosabat bilan texnikumda “Oila-jamiyat poydevori” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oilaviy qadryatlarni mustahkamlash, xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha bosh mutaxassissi Yo.Sharipova, viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi X.Komilova va “Mehrjon” tashkiloti psixologi M.Tursunovalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida texnikumda tashkil etilgan “Lider qizlar” klubi a’zolari tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar namoish etildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: