AQShdan professor Den Hassenfeld tashrif buyurdi.

“Qonun ustuvorligi va huquqiy etika” mavzusida mahorat darsi bo’lib o’tdi.

✅»Mintaqaviy muloqot» xalqaro NNT tashabbusi bilan Farğona viloyati yuridik texnikumida tashkil etilgan dars mashg‘ulotini AQShdan tashrif buyurgan professor Den Hassenfeld olib bordi.

✅ Mashg’ulotda, o’quvchilar professor bilan ochiq muloqotga kirishdi hamda mavzuga oid ma’ruzasi va mavzudan tashqari, konfidensiallik tamoyilini qo’llab-quvvatlash burchi, sud jarayonining halolligi, advokatlarning mijozlar va sudlar oldidagi mas’uliyati kabilarni muhokama qilishdi.

✅ Professor D.Hassenfeldning ta’kidlashicha, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash nafaqat davlatning ma’suliyati, balki advokatlarning ham burchi hisoblanadi.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: