“Professional ta’lim tizimida huquqshunoslik fanlarini o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi.

Joriy yilning 11-iyun kuni Xorazm viloyati yuridik texnikumi tomonidan viloyat adliya boshqarmasi binosida “Professional ta’lim tizimida huquqshunoslik fanlarini o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi.

Mazkur konferensiyada Farg’ona viloyati yuridik texnikumi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari M. Toshmatova ham «Professional ta’lim tizimida yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish- asosiy vazifamiz» mavzusida o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Konferensiyada professional ta’lim muassasalarida huquqshunoslik fanlarini o’qitishning dolzarbligi bo’yicha fikr va mulohazalar bildirildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: