🏛 Ayni damda texnikumning jamoasi tomonidan davlatimiz Mustaqilligining 33 yillik bayramini nishonlashga munosib tayyorgarlik ko’rish hamda 24−25-avgust kunlari “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida munosib ishtirok etmoqdalar.
🔹 Hasharda texnikum hududidagi mevali va manzarali daraxtlar oqlandi, turli xil gul-ko‘chatlari o‘tkazildi. Bundan tashqari hududdagi barcha yo‘laklar oqlandi, o‘quv xonalari tozalandi, hashar vaqtida to‘plangan chiqindilar texnikum hududidan chiqarildi.
🔹 Hasharda texnikumning barcha xodimlari ishtirok etmoqdalar.
🔹 Bunday hasharlar-ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Xayriya tadbirlari barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirish barobarida, kelajagimiz egalari qalbida mehnatsevarlik tuyg‘usini shakillantirishi bilan ahamiyatlidir.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube