Tanlov asosida ishga taklif qilamiz.

Tanlov asosida ishga taklif qilamiz.
Ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik — faoliyatimizning eng ustuvor yoʻnalishi.

Ayni damda Fargʻona viloyati yuridik texnikumida «Yuristlar uchun ingliz tili» fani o’qituvchisi lavozimiga pedagog-xodimlarni ishga qabul qilish boʻyicha arizalar qabul qilinmoqda.

Vakant lavozim: 0,5 ta
Malakaga oid talablar:

Oliy maʼlumotga ega boʻlgan ingliz tili fani oʻqituvchisi, til bilish darajasi bo’yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo’lishi (C1 yoki kamida B2) shart.

 Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilishi shart. (oylik maosh hamda faoliyatidan kelib chiqib, qo’shimcha ustamalar belgilanadi)

Nomzodlar tanlov uchun ariza, shaxsiy maʼlumotnoma (obʼektivka), diplom nusxasi, pasport nusxasini https://vakansiya.adliya.uz/ saytiga kirib roʻyhatdan oʻtib, hujjatlarni taqdim etishlari lozim.
Texnikumidagi boʻsh ish oʻrinlarga ariza va tegishli hujjatlar 2024-yil 20-sentabr kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.
Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari yuz berganda bu haqda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga, @antikorbot telegram kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.
Saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
1. Hujjatlar qabuli;
2. Arizalar va hujjatlarni oʻrganish;
3. Test sinovlarini oʻtkazish;
4. Suhbat.

Ulashing: