Axborot-resurs markazi tomonidan maʼnaviy-marifiy tadbir oʻtkazildi.

“Tarixiy xotira, maʼnaviy va ruhiy tarbiya – Yangi Oʻzbekiston poydevori” shiori ostida “Jadidlar, vatanparvarlik va milliy qadryatlar” mavzusida texnikumning Axborot-resurs markazi tomonidan maʼnaviy-marifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda texnikum direktori A.Ergashev jadid bobolarimiz kabi ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlarni yetishtirib chiqarish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi ekanligini takidlab oʻtdi.

Tadbirda jadidlarning xayoti va ijodiga bagʻishlangan videoroliklar, mavzuga oid sahna koʻrinishlari, buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bagʻishlanib kuylangan qoʻshiqlar namoyish etildi.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: