2024-yil 24-sentyabr kuni fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining sudyasi F.Askarov, N.Nishonova va mutaxassislik fanlari oʻqituvchisi Z.Oxunova tomonidan “Devorsiz maktab” usulida Fargʻona yuridik texnikumining 33-23 guruh oʻquvchilariga amaliy brifing seminar-mashgʻuloti oʻtkazildi.
Seminar-mashgʻulotda fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumnalararo sudining sudyalari tomonidan daʼvo ariza (ariza) qabul qilish, fuqarolik ishini qoʻzgʻatish va ishni koʻrish uchun tayinlash bosqichlarida sud-protsessual xujjatlarni rasmiylashtirish tartibi amaliyotda namoyish qilib koʻrsatildi.
Oʻquvchilar seminar-mashgʻulotda daʼvo ariza (ariza) qabul qilish, fuqarolik ishini qoʻzgʻatish va ishni koʻrish uchun tayinlash bosqichlarida sud-protsessual xujjatlari toʻgʻrisidagi nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllashni qoʻnikmasini olishdi.
Oʻquvchilar sud xujjatlari tushunchasi, protsessual xujjatlar tushunchasi, ularni oʻziga hos hususiyatlari, rasmiylashtirish tartibi va muddatlari bilan tanishtirildi.
“Devorsiz maktab” usulida oʻtkazilgan seminar-mashgʻuloti oʻquvchilarga kelajakda kasb va lavozim tanlashga, fuqarolik sud ish yuritishda sud protsessual xujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirilishini axamiyatini, ularni mazmunini tushunishga koʻmak berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube