Texnikumda o‘qish istagini bildirib, ariza bilan murojaat qilgan abituriyentlar uchun yozma imtihоnlar o‘tkazildi.

Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan уоki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq Yuridik texnikumlarda sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar 2024 yil 25-sentabr kuniga qadar Farg‘ona viloyati yuridik texnikumiga ariza bilan murojaat qilishgan edi.

Joriy yilning 30-sentabr kuni texnikumda o‘qish istagini bildirib, ariza bilan murojaat qilgan abituriyentlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 16-sentabr kungi “Professional ta’lim muassasalariga abiturientlarni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 106-XDFU-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan yozma imtihоnlar o’tkazildi.

Ushbu yozma imtixon natijalariga ko‘ra o‘quvchilar to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishadi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: