“Peagog- xodimlar faolioyatida zaruriy-me’yoriy xujjatlar bilan ishlash” mavzusida oʻquv-uslubiy seminar boʻlib oʻtdi.

🏛 Joriy yilning 10-oktabr kuni texnikumning 2024/2025 o‘quv yiliga rejalashtirilgan uslubiy seminarlar jadvaliga muvofiq “Peagog- xodimlar faolioyatida zaruriy-me’yoriy xujjatlar bilan ishlash” mavzusida oʻquv-uslubiy seminar boʻlib oʻtdi.

🔹 Seminarda o‘quv-metodik bo’lim boshlig’i G’.O’rmonov ochib, peagog- xodimlar faolioyatida zaruriy-me’yoriy hujjatlar bilan ishlash yuzasidan umumiy tushunchalar berib, mavzuning dolzarbligi, pedagog xodimlar faoliyatidagi hujjatlar bo’yicha ish yuritish lozimligi xaqida gapirib, O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuni 2020-yil 23-sentabrda qabul qilinganligi, maskur qonun 11-bob, 75-moddadan iborat ekanligi, ta’lim turlari, ta’lim shakllari, professional ta’lim haqida ma’lumotlar berib o’tdi.

🔹 Seminar davomida ishtirokchilarga G‘.O‘rmonov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizomi haqida ham tushunchalar berib o‘tdi.

🔹 Seminar yakunida barcha ishtirokchilar davrasida savol-javob oʻtkazildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: