Tanlov asosida ishga taklif qilamiz.
Ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik — faoliyatimizning eng ustuvor yoʻnalishi.
Ayni damda Fargʻona viloyati yuridik texnikumida «Yuristlar uchun ingliz tili» fani o’qituvchisi lavozimiga pedagog-xodimlarni ishga qabul qilish boʻyicha arizalar qabul qilinmoqda.
Vakant lavozimlar: 0.5 ta
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan ingliz tili fani oʻqituvchisi, til bilish darajasi bo’yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo’lishi (kamida B2) shart
Nomzodlar tanlov uchun ariza, shaxsiy maʼlumotnoma (obʼektivka), diplom nusxasi, pasport nusxasini https://vakansiya.adliya.uz/ saytiga kirib roʻyhatdan oʻtib, hujjatlarni taqdim etishlari lozim.
Texnikumidagi boʻsh ish oʻrinlarga ariza va tegishli hujjatlar 2024-yil 5-dekabr kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.
Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari yuz berganda bu haqda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga, @antikorbot telegram kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.
Saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
1. Hujjatlar qabuli;
2. Arizalar va hujjatlarni oʻrganish;
3. Test sinovlarini oʻtkazish;
4. Suhbat.