Davlat organlari rahbarlari va yoshlarning to’g’ridan- to’g’ri ochiq muloqotini yo’lga qo’yish maqsadida «Deputat va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvga Farg’ona shahar xalq deputati Ahmadaliev Bunyod Mahmudovich tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida o’quvchilarga Viloyat, tuman, shahar Xalq deputatlari to’g’risidagi qonunchilikning mazmun mohiyatiga batafsil ma’lumotlar berildi.
O’quvchilarning qiziqtirgan savollariga B.Ahmadaliyev tomonidan keng va har tamonlama javob berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube