“Tanishtiruv xaftaligi” boshlanganligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Joriy yilning 27-oktabr kuni 2024/2025 o’quv yili uchun Farg’ona viloyati yuridik texnikumiga davlat granti va to’lov kontrakti o’qishga tavsiya qilingan o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun “Tanishtiruv xaftaligi” boshlanganligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

🔹 Davra suhbatini texnikum direktori A.Ergashev ochib, tashrif buyurgan o‘quvchilarni ota-onalarini farzandlari Farg‘ona viloyati yuridik texnikumining o‘quvchilari safiga qabul qilinganliklari bilan tabriklab, texnikumning odob-axloq va ichki-tartib qoidalari, o’quv jarayonlari, yaratilgan shart-shoroitlar bilan yaqindan tanishtirib o’tdi.

🔹 Suhbat davomida o‘quvchilarning ota-onalari o’zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: