Joriy yilning 27-noyabr kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi D.Salimova tomonidan “Fuqarolik-protsessual huquqi” fanidan 2-bosqich “Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 37-23 guruhida «Sud tomonidan daʼvo ishini yuritish tartibida koʼriladigan ishlar » mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
🔹 Ochiq dars amaliy mashgʻulot shaklida oʻtkazilib, unda “Nikohdan ajrashish” masalasi boʻyicha o’quvchilar tomonidan tayyorlangan sud simulyatsiyasi namoyish etildi. Amaliy mashg’ulotni o’tkazishda o’quvchilarda sud jarayoninng tartib-qoidalari, yuristning nutqi, da’vo tartibidagi ishlarning o’ziga xosligi bo’yicha koʻnikmalarini shakllantirish darsning asosiy maqsadi qilib qoʻyilgan.
🔹 Darsni texnikumning tajribali advokat-o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube