«Birgalikda OITSni to‘xtatamiz!» shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

⚡️Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida 1-dekabr butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘quv-metodik bo‘limi uslubchisi M.Abdurahimova tomonidan joriy yilning 28-dekabr kuni «Birgalikda OITSni to‘xtatamiz!» shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

✅ Tadbirda Farg‘ona viloyati OITSga qarshi kurashish markazi vrach-epidemiologi Sh.Umaraliyev, vrach infeksionist T.Kadirov, viloyat narkologiya markazi vrachi N.Abdurahmonovalar ishtirok etib, aholi o‘rtasida OIV infeksiyasi tarqalishini kamaytirish, OIV infeksiyasining aholi, ayniqsa yoshlar orasida tarqalishining oldini olish, yoshlar o‘rtasida oilaga sodiqlik, tasodifiy jinsiy munosabatlarning salbiy oqibatlari, OIV va orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) epidemiyasiga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etish, aholining, jumladan, yoshlarning xabardorligini oshirish bo’yicha tushuntirishlar berib o’tdi.

✅ Tadbir davomida xozirgi kunda ayrim yoshlarning e’tiborsizligi sababli OITS ga chalinishi, psixotrop moddalarni iste’mol qilishi, erta turmush qurayotganligi hamda narkomaniya yo’liga kirib qolayotganligi achinarli hol ekanligi ta’kidlab o’tildi va shunga oid hujjatli filmlar namoyish etildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: