Konstitutsiya – davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnoma!

Joriy yilning 29-noyabr kuni Farg’ona viloyati yuridik texnikumida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Bosh qomusimizning qoidalari va tamoyillarini o’rganish bo’yicha texnikum o’quvchilari o’rtasida ichki olimpiada tashkil etildi.

Olimpiadada 30 nafardan ziyod o’quvchilar konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, o’zgarishlar va kiritilgan normalarga oid test savollari bo’yicha bilimlari sinovdan o’tkazildi.

Natijalarga ko’ra:

1-o’rin 40-24 guruh o’quvchisi Abdullayev Lazizxon

2-o’rin 42-24 guruh o’quvchisi Rahimova Xushro’ya

3-o’rin 43-24 guruh o’quvchisi Odilova Bahora va Muhammadsharifov Muhammadsodiq egalladi



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: