📚 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Navoiy yodi ila yashaymiz” deb nomlangan 1-bosqich 2-20 guruh o’quvchilari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
🎵 Tadbirda Alisher Navoiyning xayoti va ijodi to’g’risida tayyorlangan videorolik hamda saxna ko’rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, o’quvchilar tomonidan Alisher Navoiy qalamiga mansub g’azal va ruboiylaridan parchalar tinglandi.
🎵 Tadbir davomida Farg’ona shahar 4-sonli bolalar musiqa maktabining ijodiy guruxi o’zlarining musiqiy chiqishlar bilan tamoshabinlarni xushnud etdilar.