Texnikumda «Huquqiy savodxonlik» kuni

🏛 Hozirgi kunda Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog’cha tarbiyalanuvchilari, o’quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o’rtasida yaqin hamkorlikni ta’minlash borasida ta’lim sohasida tizimli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
✅ Joriy yilning 11 fevral` kuni o’tkazilgan “Huquqiy savodxonlik” mashg’ulotida yuridik texnikumning rahbar va pedagog xodimlariga Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i O.Djo’raev tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6108-son Farmoni hamda ushbu farmonning ijrosi yuzasidan qabul qilingan 2020 yil 6 noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4884-son Qarorining mazmun-mohiyati bo’yicha tushuntirishlar berildi.
✅ Davlatimizda ta’lim sohasida bu kabi huquqiy hujjatlarni qabul qilinishi va sohada olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sog’lom etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.

Ulashing: