📚 Ko’rgazmani tashkil etishdan maqsad, kitobxon o’quvchilarni intelektual va ma’naviy saviyasini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, milliy va jahon mumtoz adabiyotlarini eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish.
📚 Yoshlarni Vatanga muxabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashda kitobning o’rni beqiyos, xozirgi axborot texnologiyalar davrida, xech qanday internet, turli elektron vositalar jonli kitob orqali xayot va borliq bilan muloqotda bo’lish o’rnini bosa olmaydi.
Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q jahonda,
G’amxo’ring bo’lgay u g’amli zamonda,
U bilan qol tanho, hech bermas ozor
Joningga yuz rohat bergusi takror