⚖️ Farg’ona viloyati yuridik texnikumida O’zbekiston Respubikasi Milliy gvardiyasi Farg’ona viloyat qo’riiqlash boshqarmasi xodimlari va texnikum bitiruvchilari bilan qo’riqlash xizmatining vazifalari, faoliyati hamda ishga qabul qilish asoslari bo’yicha davra suhbati o’tkazildi.
✅ Davra suhbatida Qo’riqlash boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosarlari – podpolkovnik I.Kamolov va mayor E.Oxunovlar ishtirok etishdi.
✅ Suhbatda mehmonlar tomonidan Milliy gvardiyaning asosiy vazifalari, qo’riqlash xizmatining faoliyati, xizmat xodimlariga beriladigan imtiyozlar, ishga kirish tartibi haqida batafsil tushunchalar berildi va texnikum bitiruvchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
✅ Davra suhbati so’nggida qo’riqlash boshqarmasi faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi.
✅ Tadbir ommaviy axborot vositalarida yoritiladi.