Nazariy bilimlar bilan-amaliyotga!

⚖️ Farg’ona viloyati yuridik texnikumi 14-19 guruhi bitiruvchilari texnikumning xususiy huquqiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi SH.Alijonova boshchiligida Fuqarolik protsessual huquqi fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda tadbiq etilishi bo’yicha ko’nikma hosil qilish uchun Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi va Farg’ona shahridagi advokatlik byurolariga tashrif buyurdilar.
📌 Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarda ko’rib chiqiladigan da’vo arizalarining mazmun-mohiyati, sud muhokamasi va sud jarayoni yuzasidan qabul qilinadigan protsessual hujjatlar haqida FIB Farg’ona tumanlararo sudi mutaxassisi B.Isroilov o’quvchilarga tushuncha berdi.
📌 Bundan tashqari advokatlar Q.Umarova va Z.Oxunovalar tomonidan sudlarda advokatning ishtiroki, sudga murojaat qilish tartibi, qabul qilingan sud hujjatlariga muvofiq ijro ishining yuritilishi yuzasidan amaliy tushunchalar berildi.

Ulashing: