«Kitob-mo’jizaga chorlaydi» mavzusida «Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi

⚖️📚 Farg’ona viloyati yuridik texnikumi Axborot resurs markazi xodimlari tomonidan texnikum o’quvchilar turar joyida yashovchi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish maqsadida «Kitob-mo’jizaga chorlaydi» mavzusida «Zakovat» intellektual o’yini hamda yaqinlashib kelayotgan
Navro’z bayramiga atalgan devoriy gazeta chizish bo’yicha musobaqa o’tkazildi.
⚖️📖 O’quvchilarning badiiy adabiyotlarni qay darajada bilishligi, ularning zukkoligini aniqlaydigan savollar ishtirokchilar tomonidan qizg’in baxslar orqali tahlil qilindi.
⚖️🎨»Femida» va «Adolat» jamoalariga bo’lingan yotoqxonada yashovchi o’quvchilar 15 daqiqa ichida o’zlarining rassomlik bo’yicha mahoratlarini ham sinab ko’rdilar.
✅ Bilimdonlik va rassomlik sohasidagi bellashuvda do’stlik g’alaba qozondi.

Ulashing: