⚖️ Farg’ona viloyati yuridik texnikumi «Sud zali» amaliyot xonasida jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona shahar sudining sud`yasi SH.Umarov tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 3-qismi, «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan U.Matro’ziev va JK 266-moddasi, 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan N.Roziqovga oid jinoyat ishlari sayyor sud majlisida ko’rib chiqildi.
⚖️ Sayyor sud majlisi so’nggida sud`ya SH.Umarov huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek aholining huquqiy savodxonligini oshirish, sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan o’quvchilar bilan suhbatlashdi.