2020/2021 oʻquv yili yakuni hamda ikkinchi bosqich oʻquvchilariga bagʻishlangan “Oq yoʻl sizga, aziz bitiruvchilar!” deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

📌📌 2020/2021 oʻquv yili yakuni hamda ikkinchi bosqich oʻquvchilariga bagʻishlangan “Oq yoʻl sizga, aziz bitiruvchilar!” deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
✅Tadbirga Fargʻona viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi T.Boymatov, Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona shahar boʻlimi boshligʻi I.Poʻlatov, Farg’ona davlat universiteti talabalari hamda 4-sonli musiqa va sanʼat maktabi utoz va oʻquvchilari hamda bitiruvchilarning ota-onalari tashrif buyurdilar.
✅ Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari- texnikum direktori M.Toshmatova tadbirni ochib berdi.
✅ Tashrif buyurgan mehmonlar bitiruvchilar va ularning ota-onalariga samimiy tilaklar bildirdilar hamda bitiruvchilarga, ularning ota-onalarga tashakkurnoma va maqtov yoriqlarini topshirdilar. Bundan tashqari 2020-2021 oʻquv yilida jamoat ishlarida faol boʻlgan 1-bosqich oʻquvchilari ham taqdirlandilar.
✅ Tadbir badiiy chiqishlar hamda kuy- qoʻshiqlar bilan koʻtarinki ruxda oʻtdi.

Ulashing: