Yoshlarga eʼtibor-kelajakka eʼtibor.
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2016 yil 14 sentabrda “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunning 3-moddasida yoshlar, yosh oila, yosh mutaxassis, yosh tabdbirkorlarga huquqiy taʼrif berib oʻtilgan. Unga koʻra, yosh oila — er- xotinning ikkisi ham oʻttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan oʻttiz yoshdan oshmagan yolgʻiz otadan yoki yolgʻiz onadan iborat boʻlgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol);
- yosh mutaxassis — oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini bitirgan, taʼlim muassasasini bitirganidan soʻng olgan ixtisosligi boʻyicha uch yil ichida ishga kirgan va maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatda koʻrsatilgan ixtisosligi boʻyicha ishlayotganiga uch yildan koʻp boʻlmagan oʻttiz yoshdan oshmagan xodim;
- yoshlar tadbirkorligi — yuridik shaxs tashkil etmagan holda yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek taʼsischilari yosh fuqarolar boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev bugungi kunda yoshlarni davlat va jamiyatda oʻz oʻrnini topishi, kelajakda davlatimiz va jamiyatimiz manfaatiga oʻzini munosib xissasini qoʻshish uchun keng imkoniyatlar yaratib kelmoqda. Yoshlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga munosib shart-sharoitlar yaratib berish uchun bir nechta qaror va farmonlari qabul qilindi.
2021 yil 30 iyun kuni mamlakatimiz miqyosida «Yoshlar kuni» keng miqyosda nishonlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Toshkent shahri Botanika bogʻida boʻlib oʻtgan yoshlar va talabalar forumiga tashrif buyurib, bugungi kunda turli sohalarda yutuqlarga erishayotgan faol yoshlarni medallar bilan taqdirladi.
Prezidentimiz tomonidan biz yoshlarga berilayotgan eʼtiborga javoban yaxshi oʻqishimiz, davlat va jamiyatimizga nafi tegadigan inson boʻlib yetishmogʻimiz lozim.
S.Sabirov
Fargʻona viloyat sudi sudya katta yordamchisi