Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari uchun Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan yangi avlod darsliklari yaratildi va Respublikamizdagi barcha yuridik texnikumlarga yetkazildi.

📚 Bugun Fargʻona viloyati yuridik texnikumi oʻquvchilariga taqdim etilayotgan 22 turdagi bu adabiyotlar texnikum oʻquvchilarining professional darajada malakali yurist boʻlib yetishiga xizmat qiladi hamda oʻqituvchi-professorlarning oʻz ustida ishlashlari, va oʻquvchilarimizning yanada koʻproq bilim olishlarida muhim axamiyat kasb etadi.
👏 Texnikum jamoasi va oʻquvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻz minnatdorchiligini bildiradi 🎥 Ushbu tadbir Farg’ona MTRK tomonidan tasvirga olindi.

Ulashing: