👩🏼🍳👩🏼🍳 Joriy yilning 6 oktabr kuni texnikumning “Oʻquvchilar turar joyi”dagi o’quvchi- qizlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, oila maktabiga tayyorlash hamda qoʻshimcha hunar oʻrgatish maqsadida texnikum omborchisi N.Ahmedova tomonidan “Master klass” mashg’uloti oʻtkazildi.
🌽🥦 Mashgʻulot davomida N.Ahmedova oʻquvchi qizlarga tez tayyor boʻladigan yevropa salatlaridan birini tayyorlash usulini oʻrgatildi. Shuningdek mashgʻulot davomida oʻquvchi qizlarga toʻgʻri dazmol qilish sirlarini amaliy tarzda koʻrsatib oʻtdi.